AQŞda ilk bor Supermenning sevgilisi rolini ijro etib, nom qozongan aktrisa Noel Nill hayotdan köz yumdi. Bu haqida Entertainment Weekly ma'lum qildi.
Aktrisa 95 yoşida özining Arizonadagi uyida uzoq davom etgan kasallikdan vafot etdi.
Nill "Supermen" (1948), "Atom odam Supermenga qarşi" (1950) filmlarida, şuningdek "Supermenning sarguzaştlari" (1952-1958) teleserialida Lois Leyn rolini mahorat bilan ijro etgan.
Aktrisaning bu turkumdagi filmlardagi iştiroki şu bilan çeklanib qolmadi, 1978 yilda Nill "Supermen" filmida Leynning onasi rolini öynadi, 2006 yilda esa unga "Supermenning qaytişi" lentasida Leks Lyutorning rafiqasi rolini ijro etiş nasib etdi.
"U mehribon, mehnatkaş, quvnoq, fidokor, serğayrat ayol edi", - dedi aktrisaning rasmiy biografi Larri Uord.
Uning sözlariga köra, yuqorida qayd etilgan xislatlarning barçasi uning ekrandagi qahramoni - Supermenning dugonasiga ham xos bölgan. Leyn aktrisa hayotida şunçaki rol bölib qolmay, u uçun muhim ahamiyat kasb etgan.











