Kundalik hayotingizda hisob-kitob bilan töqnaşganingizda darrov kalkulyatorni qölga olişga şoşilasiz. Vaholanki, buni ongingizda ham hisoblay olasiz. Nega unda qurilmaga murojaat etasiz? Yo texnika imkoniyatlaridan foydalanişga könikib, oddiy hisoblaş amallarini ham bajara olmaydigan bölib qoldikmi?
“Bugun haftaning neçinçi kuni?” – suhbatdoşingizning savoliga javobni topiş uçun telefon ekranidagi sanaga bir qarab olasiz. Aslida bugun qaysi kun ekanini unutgan bölsangiz-da, biroz fikr yuritib yoddan aytib berişingiz ham mumkin-ku? Yöq, qöl ostingizdagi qurilmalarga avtomatik tarzda murojaat qilişga örganib qolgansiz. Vaholanki, bundan 100-200 yil ilgari bunday “şpargalkalar” bölmagan ham. Boşqa tomondan qaraganda, sana, hafta kunini atrofimizdagilardan söraşimizning özi kulgili. Nahot xotiramizga şu qadar elementar axborotlarni ham siğdira olmasak? Demak, texnologiyalar insonning fikrlaş qobiliyatini tortib olayotgan ekan-da?
Dunyoga maşhur Arrle brendining asosçisi Stiv Jobbs bugungi avlodga “Google” amakining farzandlari” deb ta'rif bergan edi. Avvallari tolibi ilmlarga bilmaganni sörab örganiş uqtirilardi. Hozir, ham söraymiz. Faqat kimdan? Muddaoyingizni buyruqlar qatoriga kiritasiz va tayyor javobni olasiz. “Gugllaş” - mana bugungi kunda köplab savollaringizning yeçimi. Kitob titiş, luğat, ensiklopediya varaqlaş esa köpçilikka eskilikday tuyuladi. Axir bir neça soniya sarflab tayyorgina javobni oliş osonroq-da! Lekin, texnika taraqqiyoti bu bilan töxtab qolgani yöq. “Google” topilmalarini öqişga ham erinadigan foydalanuvçilar uçun ma'lumotlarni istalgan til, ovoz, tempda öqib beruvçi maxsus “Talk” xizmati ham yölga qöyildi. Falsafa qonunlarida aytilganidek, imkoniyat talab bölgandagina yuzaga keladi. Qarangki, tayyor ma'lumotni öqib çiqişga ham erinadigan bölib qolibmiz...
Qaçonlardir odamlar yölni yulduzlarga qarab topişgan, quyoş çiqişiga qarab qutblar aniqlangan. Hozirgi kunda esa odamlar ana şunday tadqiq, kuzatuv, tahlil, talqin yordamida xulosa çiqariş qobiliyatini boy bermoqda. E'tibor bersangiz, sönggi paytlarda avtomobilni navigatorlar orqali boşqarişga ehtiyoj ortmoqda. Vaholanki, aksariyat foydalanuvçilar özi yaşaydigan şahar hududini yaxşi bilişadi.
Ob-havo özgarişini qaçonlardir odamlar turli jonivorlarning özini tutişi, şamol yönalişi va şunga öxşaş boşqa belgilarga qarab oldindan aniqlay olişgan, dehqonçilikni şunga qarab çamalaşgan. Siz-çi? Nima uçun atrofingizni kuzatiş, salgina sinçkov bölişdan şu qadar yiroqlaşib ketdingiz? Ha, albatta, axir 1-2 oylik ob-havoni xatosiz körsatib beradigan internet dasturlari bölganidan keyin, kuzatişga ne hojat?
Texnologiyalar katta qulayliklar va imkoniyatlarni yuzaga keltirgani bor gap. Ammo odamlar texnikadan foydalanişga şu qadar örganib qoldiki, oddiy haqiqatni tahlil qiliş, fikr yuritiş orqali aniqlaşga erinadigan böldi. Texnologiyalar tufayli inson fikrlaş ehtiyojini sezmay qoldi. Kompyuter, internet, navigator, planşet – bularning barçasini insonning fikrlaş qobiliyatiga daxl qilayotir. Birgina “Word” matn muharririning özi sizning qançadan-qança intellektual imkoniyatlaringizdan foydalanişga yöl qöymaydi. Çunki yozganlaringizni şu zahoti grammatika qoidalari asosida töğrilab ketadi. Dasturning bu imkoniyati tufayli köpçilik savodxonlik haqida qayğurmay qöydi ham. Axir qanday yozmang, robot hamma kamçiliklaringizni töğirlab, xatosiz qilib çiqarib beraveradi. Biroq, kompyuter şunçaki robot, maşina-ku, u söz latofatini his qila olarmidi?












