Ma'lumki, har qanday, eng zamonaviy avtomobilda ham akkumulyator bölişi va u qaçondir quvvatini yöqotişi heç kimga sir emas. Benzin motorli maşinalarda bular bir neça ön ming kilometrga yetsa, elektromobillar borasida bunday deb bölmaydi. Xususan, Tesla sohibi bölsangiz ham bir neça yuz kmdan söng, maşinangiz batareyasini quvvatlantirişga, bu bilan bir neça soatni boy berişga majbur bölasiz. Elektromobil yölda harakatlanar ekan, quvvatlanib ketişiga nima deysiz. Albatta, bu nur ustiga a'lo nur bölar edi. Bu ğoya, Şvetsiya hukumatini ham qiziqtirib qöygan körinadi, şu bois u elektr tarmoği ötkazilgan yöl bölagini barpo etiş imkoniyatlarini örganib çiqiş böyiça maxsus dasturni işga tuşirdi. 

Garçi, şvetsiyalik olimlar bir neçta ajoyib yeçimlarni taklif etgan bölsa-da, birmunça soddaroği sinovdan ötkazilmoqda. Tadqiqotçilar yölning uzunligi 2 kmga teng bölagi bilan çeklanişga qaror qilişgan. Yöl uzra elektr simlari tortilib, yuk maşinalari uning vositasida elektr manbaidan quvvat oladi. Bu, bir qaraşda  köplab şaharlardagi, yaqingaça Toşkent şahrida ham bölgan tramvay va trolleybuslarni ham yodga soladi. Ammo, şvedlar ularning örniga yirik yuk maşinalarini harakatga keltiradi. Elektr tarmoği quvvati 750 voltdir. 

Har holda, bu kabi elektr tarmoği faqat yuk maşinalari va ayrim hollarda avtobuslar uçun barpo etilişi mumkin. Oddiy yengil avtomobillar juda pastligi sabab, quvvat oluvçi "elektrşox"lar bilan jihozlaş birmunça muşkul vazifa bölişi aniq. 

Tadqiqotlarda gibridli yuk maşinalaridan foydalanilmoqda. Bundan taşqari, Şvetsiyada elektryöllarning boşqa bir turi ham siovdan ötkazilmoqda. Unda elektr quvvati maxsus relslar orqali uzatiladi. Transport vositalari esa, maxsus "yostiqça"lar vositasida quvvatlanadi. 

Xabarlarga köra, uşbu namuna, şvetsiyalik olimlarga köproq ma'qul kelmoqda. Çunki, bunday turdagi "elektryöl"larda har qanday turdagi avtomobillar quvvatlana oladi.