Guççifer laqabi bilan tanilgan ruminiyalik xaker Lazar Marçel Lexel qamoqxona kamerasida ölik holatda topildi. Bu haqida Christian Times Newspaper xabar berdi.
Naşrning ma'lumotiga köra, u öz joniga qasd qilgan.
Manba Federal qidiruv bölimi (FQB) AQŞ prezidentligiga da'vogar Xillari Klintonga qarşi jinoiy iş qözğatilmasligini tavsiya qilgan payt Lazar Marçel Lexel öz joniga qasd qilganligiga e'tiborni qaratmoqda.
5 iyul kuni FQB rahbari Jyeyms Komi “Klinton boş kotib lavozimida faoliyat yuritgan davrda maxfiy hujjatlar himoyasiga zid ravişda qonunni buzganligiga doir aniq dalillar topilmagan”ini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, “AQŞning duşmanlari Klintonning şaxsiy yozişmalariga ega bölişgan, Guççifer esa voqeaga oydinlik kirita oladigan yagona inson”.
Foto: Reuters











