WBA va WBO boks versiyalari böyiça öta oğir vazn toifasida jahon çempioni britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Vladimir Kliçko örtasidagi revanş jangi 29 oktabrda Mançesterda bölib ötadi. Bu haqda Fyuri tvitterda ma'lum qildi. 

Avvalroq Fyuri Instagram’dagi sahifasida jarohati tufayli Kliçko bilan 9 iyulga belgilangan jang qoldirilganini ma'lum qilgandi. 2015 yil noyabrda Germaniyada bölib ötgan birinçi jangda Fyuri Kliçkoni hakamlarning bir ovozlik qarori bilan yutgandi va IBF, WBO va WBA versiyalari böyiça jahon çempioni unvonlarini qölga kiritgandi. Keyinroq boksçi çempionlik kamarini majburiy himoya qiliş jangini ötkazişdan boş tortgani uçun IBF unvonidan mahrum qilingandi.

"Janggaça 16 hafta qoldi. Sabrsizlik bilan kutmoqdaman", deb yozdi Fyuri "manchesteroctober29" xeştegi ostidagi xabarda.

Avvalroq Kliçko menejyeri Bernd Bente ham Fyuri bilan javob jangi 29 oktabrda Mançesterda bölişini ma'lum qilgandi.

Fyuri professional ringda hali biror marta mağlubiyatga uçramagan, uning hisobida 25 ta jangda 25 ta ğalaba bor. Kliçko esa öz hisobida 64 ta ğalaba va 4 ta mağlubiyatga ega.