Özbekistonlik sobiq futbolçi Mirjalol Qosimov jurnalist Elmurod Ermatov bilan gaplaşib, Yevropa çempionati finali arafasidagi fikrlarini bildirib ötdi.
Portugaliya - Fransiya: kim ğolib böladi?
Mirjalol Qosimov, Özbekistonda xizmat körsatgan murabbiy, ösmirlar örtasida jahon va Yevropa çempioni, Rossiya çempioni, Osiyo öyinlari çempioni, özbek futboli afsonasi :
- Avvalo, Fransiyada bölib ötayotgan Yevro-2016 bahslari juda qiziqarli va jozibador öyinlarga boy ötganini ta'kidlaş joiz. Uels, Belgiya, Xorvatiya, Italiya termalari iştirokidagi bahslar muxlislarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Mana musobaqaning eng çöqqisi bölgan final öyini ham yetib keldi. Aslida, final öyini oldidan başorat qilişning özi qiyin. Portugaliyaning finalgaça bölgan yöliga e'tibor beradigan bölsak, guruhdan duranglar bilan çiqqan jamoa pley-offda juda samarali öyin körsatdi. Termada jahonning top-öyinçisi Ronaldu bor. Umuman olganda, Santuş şogirdlari har tomonlama mukammal öyin körsatişyapti.
Fransiya esa zör ijroçilarga ega jamoa. Ularning hujum çiziğida töp surayotgan Grizmann va Pogbani alohida e'tirof etiş kerak. Germaniya bilan bölgan yarim final bahsi "uçranglilar"ning qanday salohiyatga ega ekanligini körsatib berdi. Bir qaraşda finalda har ikki jamoaning imkoniyatlari elikka-ellikdek. Lekin, fransuzlarni öz uyida öynayotganini unutmaslik kerak. Öşa maşhur iborani eslaymiz: “Öz uyingda devorlar ham yordam beradi”.
Menimça, mezbon jamoada har doim ustunlik bölgan va mazkur jihat ertaga ham öz sözini aytadi.
Elmurod Ermatov, sport jurnalisti:
- Darhaqiqat, Fernandu Santuş termasi guruh bahslarida vengerlar, avstriyaliklar va islandlar bilan nursiz durang qayd etib, navbatdagi bosqiçga çiqdi. Keyingi bahslarda esa jamoa xuddi almaştirib qöyilgandek öyin körsatmoqda. Tarkibdagi almaştirişlar, bir vaqtni özida ham himoya va hujumda bir xil faol öyin namoyişi portugallarga haqli ravişda final yöllanmasini keltirdi. Asosiysi, ularga pley-offda raqib bölgan Xorvatiya, Uels va Polşa termalari himoyada intizomli öyin körsatayotgan Portugaliya darvozasi oldida juda kam xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira oldilar. Portugallar esa har bir hujumdan samarali foydalanib, navbatdagi bosqiçga çiqiş uçun neçta gol kerak bölsa şunça gol urişdi. Söngi öyinda fransuzlar hujum çiziği vakillarida çarçoq alomatlari sezilmoqda. Kriştianu va Nani juftligi esa ajoyib sport formasida ekanligiga guvoh böldik. Katta ehtimol bilan Portugaliya ğolib böladi.











