China Southern Airlines aviakompaniyasiga qaraşli avialayner XXRga parvozi davomida kuçli döl ostida qoldi, buning natijasida samolyotning old qismiga jiddiy ziyon yetdi. Bu haqida Xitoyning CCTV Markaziy televideniyesi özining Facebook tarmoğidagi sahifasida ma'lum qildi. 

Mazkur hodisa 9 iyul kuni keçqurun CZ3483 reysi Guançjoudan Çenduga parvoz qilayotgan paytda sodir bölgan. Şunga qaramay samolyot Çenduda muvaffaqiyatli qönişni amalga oşirgan. Yölovçilar va ekipaj a'zolari orasida jabrlanganlar yöq. 

Telekanal namoyiş qilgan fotosuratlarda döl avialaynerning old qismiga jiddiy zarar yetkazganini köriş mumkin.