Toşkent viloyati, Çinoz tumani prokurori Behzod Mirsoatov lavozimidan çetlatilgan. Sputnik agentligi prokuraturadagi manbasiga asoslanib xabar tarqatişiça, Özbekiston Huquqni saqlaş organlari Ahmad Tursunov işi böyiça Çinoz tuman prokuraturasi xodimlari faoliyatini tekşirmoqda.
“Özbekiston — huquqiy davlat. Bu yerda davlat xizmatçilari faqatgina miş-mişlar asosida işdan böşatilmaydi. Prokuror öz lavozimidan çetlatilgan, bu rost. Uning örniga prokuror vazifasini vaqtinça bajaruvçi tayinlangan. Bu esa ayni damda olib borilayotgan tergov işlari bilan boğliq. Şuningdek, aybsizlik prezumptsiyasi amal qilmoqda”, — degan manba.
Tergov natijalari aniq bölganidan keyin tuman prokuraturasi xodimlarining aybdorligi yoki aybsizligi ma'lum böladi. Ular “Ahmadboy” faoliyatini bila turib bunga köz yumgani yoki öz vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan qaragani aniqlanadi. Şundan söng ularga nisbatan qonunda belilangan tartibda çora körilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Toşkent viloyatining Çinoz tumanidagi «Çinoz halol çorva» va «Çinoz Avto Xamkor» korxonalari ta'sisçisi hisoblangan Ahmadjon Tursunboyev ikki barobar qilib qaytariş va'dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablağlarni milliy va xorijiy valyutada qabul qiliş bilan noqonuniy ravişda şuğullanib kelgan.
Bu jinoyat aniqlanganidan keyin Özbekiston MXXsi va huquqni saqlaş organlari şu kunlarda Çinoz tumanidagi militsiya bölimlari va soliq inspeksiyalarida tekşiruvlar ötkazişni boşladi.
Tergov natijasida aniqlanişiça, har qanday nazorat yoki boşqaruv organi, Ahmadboy Tursunboyevning firibgarlik harakatlari boşlanganidan bir neça oy ötib aniqlaş imkoniga ega bölgan. Vaholanki, “Ahmadboy” öz faoliyatini beş yil oldin boşlagandi.












