17:52 / 11.07.2016
10262

Portugaliyalik yosh muxlis finaldan keyin yig‘layotgan fransiyalik yigitni ovuntirdi

BBC telekanali Yevro-2016 finalidan keyin ta'sirli videoni namoyish etdi. Rolikda portugaliyalik yosh muxlis terma jamoasi mag‘lubiyatga uchraganidan keyin o‘zini yig‘idan tiya olmayotgan fransiyalik muxlisni ovuntirdi.

Yig‘layotgan yigitga yaqinlashib kelgan bolaning qo‘lida Portugaliya terma jamoasi sharfi ko‘rinadi. U yigitning qo‘lini siqadi. Shundan so‘ng, fransiyalik muxlisning yuzida tabassum paydo bo‘lib, u ham bolani bag‘riga bosadi.

Top