Osiyo öyinlari kundaligi. Yana ikki oltin va boksdagi mağlubiyatlar
|19:38 / 30.09.202642 1778 min
Dzyudo va yunon-rum kuraşida dastlabki oltinlar qölga kiritildi. Boks jamoasining uç nafar vakili esa yarimfinalda yutqazdi. Finalda Özbekistondan faqat uç nafar boksçi böladi.
Foto: Milliy olimpiya qömitasi Sita QadamboyevaFoto: Milliy olimpiya qömitasi Sita Qadamboyeva
Özbekiston oltin medallar sonini 16 taga yetkazdi va eng yaqin taʼqibçisi Tailanddan uzoqlaşişda davom etmoqda.
Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari 2026-yilgi Osiyo öyinlarining 11-kunida 12 sport turida iştirok etişdi.
Kun davomida delegatsiya hisobiga yana 9 ta medal (2 ta oltin, 2 ta kumuş va 5 ta bronza) qölga kiritildi: medallarning barçasi dzyudo, yunon-rum kuraşi va boksda qölga kiritildi.
Dzyudo
Bugungi dasturda Özbekiston dzyudo jamoasining 4 vakili iştirok etdi va şundan uç nafari medal qölga kiritdi.
Dastlab ayollar örtasida 48 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Laziza Haydarova çorakfinalda yaponiyalik Kondo Mitsukiga qarşi gilamga çiqib, yutqazib qöydi. Yaponiyalik sportçi finalgaça yetib borgani (u şu vazn toifasi çempioni ham böldi) tufayli Haydarovada bronza uçun kuraşiş imkoniyati yuzaga keldi, ammo özbekistonlik sportçi medal uçun ötiş bahsida tojikistonlik Ahliya Möminovaga ham mağlub böldi.
Ayollar örtasida 52 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida iştirok etgan Sita Qadamboyeva esa Özbekistonga navbatdagi oltin medalni olib keldi. U çorakfinalda qozoğistonlik Meruyert Sarsenovani, yarimfinalda möğulistonlik Uranzaya Bayanmunkni, finalda esa Janubiy Koreya vakili Jang Seyunni mağlubiyatga uçratdi.
Erkaklar örtasida 60 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Samariddin Qöçqorov bronza bilan kifoyalandi.
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Samariddin Qöçqorov
U dastlabki bosqiçda nepallik Vikasni ippon bahosi bilan mağlub etdi, keyingi bosqiçda Bahrayn nomidan qatnaşgan Ruslan Poltoratskidan yuko bahosi bilan ustun keldi, ammo yarimfinalda yaponiyalik Hayato Kondoga vazari bahosi bilan yutqazdi. Medal uçun kuraşda esa tojikistonlik Loyiq Kudbudinovdan vazari va yuko baholari evaziga ustun keldi.
Erkaklar örtasida 60 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida qatnaşgan Abdurahim Nutfulloyev
Mavzuga oid
esa kumuş bilan qaytadigan böldi.
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Abdurahim Nutfulloyev
U dastlabki bosqiçda filippinlik Keysey Nakanoni ippon bahosi bilan mağlub etgandi, çorakfinalda xitoylik Huye Ziyangdan Vazari bahosi bilan ustun keldi, yarimfinalda janubiy koreyalik Kim Çanneyongni yuko bahosi bilan taslim qildi, ammo finalda Möğuliston vakili Yolk Kazirbekka ippon bahosi bilan yutqazdi.
Yunon-rum kuraşi
Özbekiston yunon-rum kuraşi jamoasi esa bugungi dasturda 3 nafar sportçi bilan iştirok etdi va ularning barçasi medal qölga kiritdi.
Amaldagi Osiyo va jahon çempioni hisoblangan Aytjan Xalmaxanov 67 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida iştirok etib, öz sovrinlari qatoriga Osiyo öyinlari ğolibligini ham qöşib qöydi. U finalgaça yölda xitoylik Ji Leng (9:0), saudiyalik Muntir Jandu (8:0) va qirğizistonlik Razzoq Beyşekeyev (5:0) tösiğidan ötdi, oltin uçun keçgan qiyin bahsda esa yaponiyalik Kyataro Sogabeni ham mağlub etdi (3:2).
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Aytjan Xalmaxanov
87 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida iştirok etgan amaldagi Osiyo öyinlari ğolibi Jalgasbay Berdimuradov bu safar bronza bilan kifoyalandi. U nimçorak finalda xitoylik Likui Şini (8:0) mağlub etdi, çorakfinalda qirğizistonlik Asan Janişovga yutqazdi (4:0), medal uçun bahsda qozoğistonlik Şamil Öjayevdan ustun keldi (9:1).
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Jalgasbay Berdimuradov
130 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan rossiyalik Rafael Sitsuaşvili nimçorak finalda Janubiy Koreya vakili Kim Minseokdan ustun keldi (1:1, oxirgi ballni olgan sportçi keyingi bosqiçga çiqqan).
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Rafael Sitsuaşvili
Çorakfinalda qozoğistonlik Öljas Sirlibayni mağlubiyatga uçratdi (2:1), yarimfinalda turkmanistonlik Aslan Agadadayev tösiğidan ötdi (8:0), ammo hal qiluvçi bahsda eronlik Amin Mirzazodaga yutqazdi (1:3).
Boks
Özbekiston boks jamoasining (ayollar va erkaklar) tört nafar vakili bugun yarimfinalda jang qildi. Şundan uç nafari finalga çiqa olmadi va bronza bilan qaytadigan böldi.
Dastlab turnirda -51 kg vazn toifasida qatnaşgan Feruza Kazakova yarim finalda amaldagi Olimpiada çempioni xitoylik Yu Vuga qarşi ringga kötarildi. U kuçli raqib bilan tengma-teng jang qildi, ammo yakunda hakamlar Kazakovaning mağlubiyatini qayd etişdi (0:5).
Foto: Boks federatsiyasi
Firuza Kazakova
Kazakova turnir davomida tailandlik Raksat Çutamat (5:0) hamda şimoliy koreyalik Kum Byol An ustidan (5:0) ğalaba qozongandi, ammo endi bronza medali bilan kifoyalanadigan böldi.
Yarim finalda -60 kg vazn toifasida ringga çiqqan Sitora Turdibekova ham Olimpiada çempioni, tayvanlik Lin Yu Tingga yutqazdi (0:5) va turnirdagi iştirokini bronza medal bilan yakunladi.
Foto: Boks federatsiyasi
Sitora Turdibekova
U bu bosqiçgaça vetnamlik Ti Lin Ha (5:0) va möğulistonlik Namun Munkor (3:2) bilan bahslarda ğalaba qozonib yetib kelgandi.
Erkaklar örtasida 70 kilogrammgaça vazn toifasida iştirok etgan Şavkatjon Boltayev ham öz iştirokini yarim finalda töxtatdi. Final ostonasida u qozoğistonlik Torexan Sabirxanga qarşi jang qilib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi.
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Şavkatjon Boltayev
Bundan oldingi bosqiçlarda u janubiy koreyalik Kim Junsu (4:1) va xitoylik Li Guofeng (5:0) ustidan ğalabaga erişgandi, ammo oltin uçun jangga çiqa olmadi va turnirdan bronza bilan qaytadigan böldi.
Nihoyat -90 kg vazn toifasidagi Törabek Habibullayev öz jangida ğalaba qozondi. Dastlabki bosqiçda qozoğistonlik Nurbek Öralbayni (3:2) yenggan Habibullayev yarimfinalda hindistonlik Kapil Puhariyadan ustun keldi (4:1). Endi u 2-oktabr kuni xitoylik Han Huyejanga qarşi oltin uçun jangga çiqadi.
Foto: Boks federatsiyasi
Törabek Habibullayev
Şu tariqa, boks böyiça bahslarda final bosqiçida Özbekistondan faqat 3 nafar vakil böladi. Bungaça Abdumalik Halokov (-60 kg) va Jahongir Zokirov (+90 kg) final masalasini hal qilgandi.
Futbol
Yarimfinalda mezbon Yaponiyaga qarşi keçgan öyinning asosiy vaqtida Özbekiston öyin oxirigaça hisobda oldinda borgandi, ammo 88-daqiqada gol ötkazib yuborildi (1:1). Qöşimça bölimlarda durang hisob saqlanib qoldi, penaltilar seriyasida esa kunçiqar yurt vakillarining qöli baland keldi (8:9).
Ravşan Haydarov şogirdlari guruh bosqiçida Filippin (5:1), Kuvayt (2:0) va Vetnam (2:0) bilan öyinlarda 100 foizlik natija qayd etgan, pley-offning birinçi öyinida esa Saudiya Arabistoni vakillarini yirik hisobda taslim qilgandi (3:0).
Endi uşbu jamoa uçinçi örin uçun Xitoy vakillariga qarşi bahs olib boradi.
Slalomda eşkak eşiş
Bir kun oldingi saralaş bahslaridan ötgan Anvar Klevlev bugun yarim finalda (103.62 ball) ham muvaffaqiyatli iştirok etib, final bosqiçiga yöl olgandi, ammo finalda Xitoy, Yaponiya va Qozoğiston vakillaridan ortda qolib (102.54 ball), törtinçi örinni egalladi.
Çim ustida hokkey
Çim ustida hokkey böyiça Özbekiston ayollar jamoasi turnirni mağlubiyat bilan yakunladi. Qozoğistonga qarşi öyinda ham yutqazgan (1:1, 2:4) jamoa söngi 12-örinni egalladi. Bungaça jamoa Hindiston (0:19), Tailand (1:3), Yaponiya (1:7) va Singapur (1:3) bilan öyinlarda mağlub bölgan, birgina Indoneziya ustidan ğalaba qozongandi (2:1).
Tennis
Aralaş juftlik bahslarida Sevil Yöldoşeva va Maksim Şin qozoğistonlik tennisçilarga yutqazişdi (1:6, 5:7).
Jamoaviy bahslarda esa Özbekiston 21 jamoa orasida 17-natijani qayd etdi.
Bugungi bahslardan keyin Özbekiston delegatsiyasi jami medallar sonini 54 taga yetkazib (16 oltin, 19 kumuş va 19 bronöa), törtinçi örinni mustahkamlaşda davom etmoqda.