Olimlarning fikricha, ko‘pchilik sportchilar Braziliyaga borishdan bosh tortayotganligiga sabab bo‘lgan Zika virusi farzand kutayotgan ayollarda homilaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilar ekan.
"Men shohsupa va medallar haqida gapirishni istamayman, hozir eng muhimi, o‘yinlarga maksimal darajada tayyorlanish va sog‘lom bo‘lish. Zika virusi deysizmi? Men Braziliyaga homilador bo‘lish uchun ketayotganim yo‘q, axir", - deydi Chusovitina Associated Press agentligiga.










