Italiya respublikasi davlat qarzi öz tarixidagi eng yuqori körsatkiçga yetib, YaIMning qariyb 133 foizini taşkil etdi, deyiladi Xalqaro Valyuta Jamğarmasi hisobotida. 

"Davlat qarzi YaIMga nisbatan 133 foizga yaqinlaşgan. Bu daraja esa, soliq hududi toraygan kenglik bölib, soliq tölovçilarning keskinliklarga nisbatan çora köriş imkonini kamaytiradi",  — deb ta'kidlanadi hujjatda. 

Şunga qaramay, XVJning taxmin qilişiça, mamlakat iqtisodiyoti 2016 yilda 1,1 foizga ösadi, 2017-2018 yillarda bu raqam —1,25 foizni taşkil etadi. 

Şu bilan birga, jamğarmaning qayd etişiça, mazkur ösişni qisqartiruvçi köplab tavakkalçiliklar mavjud:– moliya bozoridagi özgarişlar, qoçqinlar oqimi hamda global ösiş sur'atlarining pasayişi oqibatlari şular jumlasidan.