Boriga qanoat qil, ozod yaşa,
Ey Rudakiy, odil va obod yaşa.
Özingdan ortiqni körib ğam yema,
Sendan ojizlar bor, körib şod yaşa.
«Birovni körib fikr qil, birovni körib şukur qil, birovni körib zikr qil»-degan hikmat bor. Şunga monand Muhammad payğambar «jim turganim fikr qilganim, toat-ibodat va ilmim şukur qilganim, sözlaganim zikr qilganim» deb e'tirof etganlar.
Inson dilida qanoat hissi bölmassa tökinlik, rizq-röz, nasiba ham but bölmasligi ayon. Rudakiy hayot tarziga mezon bölğuvçi tuşunçalarni şunday e'tirof etadi: qanoat, ozodlik, odillik, obodlik va şodlik. Bularning inson hayotida örni ham, qadri ham borligi ta'kidlanadi. Ruboiyda «yaşa» undovidan oldin «ozod», «obod» va «şod» sözlarini keltirilişiga e'tibor bering. Yurtning ozodligi, şaxsning erkinligi bölmasa, el-yurtda odillik va obodlik ham bölmaydi. Adolat va farovonlik bölmagan joyda şodlik bölişi mumkinmi? Aslo yöq. Mana, Rudakiyning ijtimoiy-falsafiy qaraşlari. Birovga baqamti bölib yaşaş, boş egik, qaram holda tutqunlikda kun keçirişdan köra, tik turib öliş afzalligi uqtiriladi. Yer va el qadrini biliş, köngildagi şukronalik, özingga ravo körganni özgaga ham ravo körişlik osoyişta va farovon hayotning ölçovi degan mazmunni anglaş muşkul emas.
Xuddi şu mazmun Alişer Navoiyda boşqaça tarzda öz tasdiğini topadi. Mana u.
To hirsu havas xirmani barbod ölmas,
To nafsu havo qasri baraftod ölmas,
To zulmu sitam joniga bedod ölmas,
El şod ölmas, mamlakat obod ölmas.
Yirik mutasavvuflardan biri Şaqiq Balxiy şogirdi Ibrohim Adhamdan söraydi.
-Ne vaj ila umrguzaronlik etayapsan?
-Bölsa yeymiz, bölmasa sabr etamiz,-deydi şogird.
Ustozning jahli çiqdi.
-Sening bu işingni bizning Xurosonning köppaklari ham qiladi. Ularga ham göşt, suyak taşlasang, yeydi, ğajiydi. Yöqsa, tilini çiqazib, dumini likillatib turaveradi.










