LAN aviakompaniyasining yölovçi samolyoti Argentinaning Bariloçe aeroportiga birinçi urinişda qöna olmagan. Bunga, uçiş-qöniş yölagida sigareta çekib yurgan odam sabab bölgan.
Uçuvçining boşqaruv minorasi bilan olib borgan muloqotiga köra, noma'lum kimsa uçiş-qöniş yölagida bamaylixotir sigareta çekib yurib, söngra ötirib olgan. Natijada samolyot ikkinçi uriniş uçun havoga kötarilgan.
Excelsior portalining xabariga köra, begona kişilarga taqiqlangan hududda paydo bölgan kimsa Buenos-Ayresgaça bepul çipta taqdim etişlarini talab qilib çiqqan. Ma'lum bölişiça, u puli bölmagani uçun Argentina poytaxtidagi oğir xasta otasining yoniga boriş çorasini köra olmagan.











