Airbus aviaquriliş korporatsiyasi A380 yölovçi laynerlarini işlab çiqarişni unga bölgan talabning kamligi sabab qisqartirişni rejalaştirmoqda. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi.
Unga köra, Airbus bir neça yil avval yaqin 20 yilda 1,2 ming A380 laynerini sotişni prognoz qilgan. Biroq 2005 yilda uşbu model işlab çiqarila boşlagandan söng korporatsiya faqatgina 193 ta samolyotini sotişga muvaffaq böldi, yana 126 ta layner buyurtma qilingan va hozirgi paytda işlab çiqarişga navbat poylab turibdi.
Manbaga köra, bugungi kunda A380 laynerining yagona buyurtmaçisi BAAning Emirates Airlines aviakompaniyasidir. "AQŞning birorta taşuvçisi A380 laynerini sotib olgani yöq, yapon aviakompaniyalari esa bir neçtasinigina xarid qilişdi", - deya ta'kidlaydi agentlik. Şunisi diqqatga sazovorki, A380 samolyoti Airbus'ning eng qimmat modeli hisoblanadi, bunday havo kemasining bahosi - 430 million dollardan ortiq.
Keyingi yildan boşlab koporatsiya A380 laynerlarini işlab çiqarişni yiliga 27 ta samolyotdan 20 tagaça qisqartirişni rejalaştirmoqda. 2018 yildan esa bu model oyda bir marta işlab çiqariladigan böladi.
Airbus A380 - keng fyuzelyajli ikki palubali reaktiv yölovçi samolyoti bölib, u dunyodagi eng yirik seriyali avialayner hisoblanadi. U öz içiga 853 nafar yölovçini siğdira oladi. Layner 15 ming kilometrgaça bölgan masofaga qönimsiz parvozlarni amalga oşirişga qodir.











