12 iyul kuni Britaniyaning Skytrax tadqiqot markazi tomonidan eng yaxşi aviakompaniyalar yuztaligi e'lon qilindi. Unga köra, Emirates Airlines aviakompaniyasi dunyoning eng yaxşi aviakompaniyasi deb tan olingan. Mazkur kompaniya öz tarixida törtinçi marta şunday uluğ nomga sazovor böldi. Bu haqida Skytrax’ning rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Emirates Airlines kompaniyasining prezidenti Tim Klark “Skytrax’ning nufuzli reytingida ğolib böliş biz uçun katta şaraf. Biz qilayotgan barça işlarimizda mijoz manfaatini közlaymiz” dedi.

Şunisi e'tiborga loyiqki, Emirates kompaniyasi sönggi uç yil içida eng yaxşi aviakompaniya nomini qölga kiritib kelayotgan Qatar Airways’dan özib ketdi. 

Yangi reytingda Qatar aviakompaniyasi ikkinçi örindan joy oldi. Uçinçi örin esa Singapore Airlines’ga nasib etdi. 

Keyingi örinlarda Cathay Pacific, ANA All Nippon Airways, Etihad Airways, Turkish Airlines, EVA Air, Qantas Airways va Lufthansa aviakompaniyalari nomlari qayd etilgan.