Fransiyada terrorçilik harakatlari oqibatida qurbon bölgan yoki jabrlanganlarga taqdim etiladigan medal ta'sis etildi. Şu haqdagi qaror L'Officiel portalida e'lon qilingan.

Yangi medalni ta'sis etişdan maqsad, "2006-yil 1-yanvaridan e'tiboran Fransiya hududi yoki undan taşqarida terrorçilarning harakatlaridan jabrlangan, halok bölgan yoki ular tomonidan garovga olinganlarga Fransiya xalqining hurmatini namoyiş qilişdir". 

U şuningdek, xorijiy fuqarolarga ham taqdim etilişi mumkinligi ta'kidlangan. 


Teglar: Fransiya, terrorizm, medal