Amerikaning AMC Entertainment kinoteatrlar tarmoği Terra Firma investitsiya fondidan Yevropaning Odeon & UCI tarmoğini 1,2 mlrdga xarid qiliş böyiça bitimga erişdi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi. AMCning özi esa, xitoylik Van Tszyanlinning Dalian Wanda Group konglomeratiga tegişlidir.

2015 yil dekabr oyi ma'lumotlariga köra, Odeon & UCI Yevropa böylab jami 243ta kinoteatr va 2,2 mingdan ortiq katta ekranlarga ega. Mazkur bitimdan söng, AMC Entertainmentning kinoteatrlari soni 627ta yetadi, uning jami ekranlari soni 8 mamlakatda 7,6 ming donani taşkil etadi. 

Şu bilan dunyodagi eng yirik kinoteatrlar tarmoğ vujudga keladi. AMC rahbari Adam Aronning ta'kidlaşiça, bunday imkoniyat umrda bir marta böladi. 

Şu yilning yanvar oyida Dalian Wanda Group 3,5 mlrd dollar evaziga Hollivudning Legendary Entertainment kinostudiyasini xarid qilgan edi. 

Wanda asosçisi Van Tszyanlin 32,7 mlrd dollar boylik bilan Osiyoning ikkinçi eng badavlat kişisi hisoblanadi.