Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini körib çiqiş davomida fuqaro T.B. tomonidan “Vonka” va “Akvamen i poteryannoye tsarstvo” filmlarining ovozi ular kinoteatrda namoyiş etilayotgan vaqtda uyali telefonga yozib olingani ma’lum böldi. 

Natijada huquq egasining ruxsatisiz hamda tegişli tartibda şartnoma tuzmasdan filmning ovozi va videotasviri birlaştirilib, internet orqali barçaning e’tiboriga yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro T.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 177-1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma rasmiylaştirilib, javobgarlik masalasini körib çiqişlik uçun tegişli sudga yuborildi.

Sud qaroriga köra, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 177-1-moddasi birinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uçun jarima jazosi tayinlandi.

“Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida”gi qonun 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilişi faktidan qat’iy nazar, huquqbuzardan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigaça tovon puli talab qiliş huquqiga ega.