Hindistonning Bangalor şahrida istiqomat qiluvçi 30 yoşli erkak mamlakatdagi eng yirik kinoteatrlar tarmoği — PVR Inox’ni sudga berdi. U filmdan oldin haddan taşqari uzoq vaqt reklama namoyiş etilganidan norozi bölgan, deb xabar bermoqda The Guardian.

2024 yilning dekabr oyida Abişek döstlari bilan kinoga borgan. “Dovyurak Sem” harbiy dramasi 16.05 da boşlanişi kerak edi. Biroq undan oldin kinozalda 25 daqiqa davomida uy-rözğor buyumlari, mobil telefonlar va avtomobillar reklamasi, şuningdek, bölajak kartinalar anonsi namoyiş etilgan.

Filmdan söng Abişek işga borişni rejalaştirgandi, ammo u işga keçikkan. Erkak keraksiz reklamaga şunça vaqt sarflaşga majbur bölganidan ğazablandi. Da’vo arizasida ta’kidlanişiça, “arizaçi şu kunga belgilangan boşqa tadbirlar va uçraşuvlarda qatnaşa olmagan hamda moddiy zarar körgan.”

Hujjatda, şuningdek, multipleks-kinoteatrlar reklama daromadini öz mijozlarining manfaatlaridan ustun qöyişi va ularning xohişlariga qarşi reklamani körişga majburlaşi ta’kidlangan.

“Hozirgi zamonda vaqt pul hisoblanadi, har bir insonning vaqti juda qadrli”, — deyiladi sud qarorida. “Iş jadvali tiğiz bölgan odamlar uni behuda sarflay olmaydi.”

Kinoteatrlar tarmoği vakillari özlarini oqlaş maqsadida ijtimoiy reklamalarni namoyiş etiş qonunan majburiy ekanini ta’kidlaşdi. Biroq sud filmdan oldin körsatilgan reklamalarning aksariyati tijoriy xususiyatga ega bölganini aniqladi.

The Guardian ta’kidlaşiça, Hindistonda kino eng samarali reklama vositasi sanaladi va uning reklama sohasidagi uluşi tobora ortib bormoqda. Ğarb kinoteatrlaridan farqli ölaroq, Hindistonda reklama nafaqat seans boşlanişidan oldin, balki filmning örtasida ham namoyiş etiladi.