Google Kaliforniyadagi LinkedIn shtab-kvartirasini qo‘lga kiritdi

Amerikaning Google kompaniyasi LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i bilan yirik ko‘chmas mulk almashinuvi to‘g‘risida kelishib oldi. Kelishuvga ko‘ra, LinkedIn xodimlari Mauntin-Vyudagi (Kaliforniya shtati) shtab-kvartirasidan qo‘shni binoga ko‘chib o‘tadi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning avvalgi shtab-kvartirasini Google kompaniyasi egallaydi, buning evaziga u LinkedIn'ga Mauntin-Vyudagi yer hududiga egalik qilish imkonini beradi. Bu yerda ijtimoiy tarmoq operatorining yangi shtab-kvartirasini qurish rejalashtirilmoqda. Mazkur bitim LinkedIn'ga qo‘shni Sanniveyl shahridagi yer va uylarni ijaraga olish imkonini taqdim etadi.
Kompaniyalar umumiy maydoni 92,9 ming kvadrat metr bo‘lgan muassasalari va 222,9 ming kvadrat metr maydonga ega yer hududlari bilan almashishdi.
LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i 2003 yilda Kaliforniyada tashkil topgan. Platforma biznes aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. Resurs auditoriyasi turli sohalardagi 400 millionga yaqin professionallardan iborat. Kompaniyaning Nyu-York fond birjasidagi kapitallashuvi taxminan 20 milliard dollarni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Lotin Amerikasi davlatlariga 9,2 mlrd dollar kredit va vizasiz rejim taklif qildi
Jahon | 18:45
-
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 18:42
-
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 18:35
-
Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:09
Mavzuga oid

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

23:21 / 15.04.2025