Dori-darmon vositalarining olib kirilişida tarkibida psixotrop moddalar bölgan dori vositalariga alohida yondaşiladi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, undan olib çiqiş va tranzit tarzida ötkaziş tartibini, şuningdek, ularning muomalada bölişi yuzasidan nazoratni takomillaştiriş töğrisida”gi qarori bilan bojxona çegarasidan olib ötilişi, muomalaga kiritilişi taqiqlangan va çeklangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar röyxati tasdiqlangan.

Jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalanişi uçun psixotrop moddalarni davolaş kursi doirasida olib kiriş va olib çiqilişiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsat beriladi.

Ayrim fuqarolar uşbu me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga rioya qilmasdan, bojxona nazoratidan yaşirinça psixotrop moddalarni Respublika hududiga olib kelişga urinişmoqda. 

Raqamlarga murojaat qilsak, Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda uşbu sohada 2016 yilning 1-yarim yilligi davomida 13ta bojxona qoidabuzarliklari aniqlanib, jami 1419 dona tabletka körinişidagi turli psixotrop dori vositalarining noqonuniy olib ötilişiga çek qöyildi.

Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan “Urganç aeroport” çegara bojxona posti orqali “Moskva–Urganç” yönalişidagi aviareys bilan Rossiya Federatsiyasidan kirib kelayotgan fuqaro N. I. ning qöl yuklari skaner apparati yordamida bojxona nazoratidan ötkazilganda, yölovçi bojxona deklaratsiyasida qayd qilinmagan, bojxona nazoratidan yaşirilgan jami 1203 dona “Fenazepam tabletki” yozuvli dori vositalarnini heç qanday hujjatlarsiz olib kirişga uriniş holati aniqlandi.

Şuningdek, mazkur bojxona posti orqali "Moskva-Urganç" reysi bilan uçib kelgan A. G. ga tegişli qöl sumkalari bojxona nazoratidan ötkazilganida, bojxona nazoratidan yaşirinça 5 konvalyutada jami 50 dona “Fenazepam tabletki” yozuvli psixotrop dori vositalarini Rossiya Federatsiyasidan Özbekiston Respublikasiga olib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 8 iyundagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriş hamda olib çiqiş tartibi töğrisida”gi Nizomga köra, jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun psixotrop moddalarni yaşaş yoki böliş mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan turli nomdagi 5tagaça davolaş preparatlarini va ulardan har birining ikkitadan ortiq bölmagan öramini davolaş kursi doirasida olib kiriş va olib çiqişda ruxsat beriladi.