Intel kompaniyasi mobil qurilmalarga çiplar işlab çiqarişda omadsizlikka uçragaç, bor diqqat-eʼtiborini smart avtomobillarga qaratdi. Ayni damda bu yönalişda uning işlari rivojlanmoqda.

Intel boş direktori Brayan Krjaniç 13 iyul kuni Fortune Brainstorm Tech Conference 2016 anjumanida çiqiş qilar ekan, çip işlab çiqarişuvçisi smart-avtomobillar va qöşuvçi qurilmalar işlab çiqarayotgani haqida ma'lum qildi. U Intel kompaniyasi mobil qurilmalar bozoridan çiqqanligini tan oldi.

Kompaniya tomonidan öz strategiyasining özgartirilişi, personal kompyuterlar va çiplar yetkazib beriş hajmini keskin tuşib ketişiga sabab böldi. Kompaniya yagona maqsad uçun quyidagi işlab çiqariş yönalişlarini birlaştirişni rejalaştirgan: yuqori internet, xotira modullarini çiqariş, qöşuvçi qurilmalar uçun çiplar yetkazib beriş va bulutli texnologiyalar bilan şuğullaniş.