AQŞ federal byudjyetining defitsiti 2016 yilda 600 mlrd dollarga teng böladi va bu ötgan yildagi körsatkiçdan 162 mlrd dollarga köproqni taşkil qiladi. Bunday prognoz bilan 15 iyulda Oq uy Ma'muriy-byudjyet boşqarmasi çiqdi.

"Endi 2016 yilda defitsit 600 mlrd dollarni, fevraldagidan 16 mlrd dollar kamroqni taşkil qilişi taxmin qilinmoqda", deyilmoqda Oq uy Ma'muriy-byudjyet boşqarmasi tayyorlagan yangi ma'ruzada.

Mutaxassislar fikriça, yil yakunlariga köra xarajatlarning daromadlardan oşib ketişi YaIMning 3,3 foizi darajasida qayd qilinadi. 2017 yilda byudjyet defitsiti YaIMning 2,3 foizi darajasigaça kamayadi.

Oq uy mutaxassislarning yangi xulosalari Barak Obama ta'minlay olgan federal byudjyet defitsitining sekin-asta qisqartirilişi yöqqa çiqqani anglatadi. Byudjyet defitsiti ösişining qaytişi amerikalik iqtisodçilar tomonidan kutilgandi. Obama ma'muriyati sobiq prezident Jorj Buşdan 2007-2009 yillardagi iqtisodiy inqiroz vaqtida 1,4 trln dollarni taşkil qilgan byudjyet defitsitini meros sifatida olgan.