Turk harbiylari Turkiyada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining Anqaradagi boş qarorgohini egalladi.

Turkiya harbiy qömondonligi mamlakatda hukumat ularning qöliga ötganini e'lon qildi.

Ayni damda Anqara va Istanbulda otişma ovozlari eşitilmoqda, harbiy vertolyotlar osmonga kötarilgan, Istanbul aeroportida barça parvozlar bekor qilingan. 

Turkiya boş ştabi davlat telekanali orqali mavjud bölgan barça xalqaro şartnomalar töliq bajarilişini va mamlakatda harbiy vaziyat e'lon qilinganini e'lon qilişdi.

"Turk qurolli kuçlari konstitutsion tuzum, demokratiya, inson huquq va erkinliklarining qayta ta'min va ta'sis etilişi, mamlakatda qonun ustivorligi qayta amal qilişi, buzilgan tinçlik tartibining qayta joriy etilişi maqsadi bilan davlat boşqaruvini tölaligiça öz qöliga oldi", deyildi TRT efirida.

Harbiy töntariş haqidagi xabardan keyin jahon valyuta bozorida Turkiya lirasining narxi birdaniga 3,5 foizga tuşib ketdi. Köplab mamlakatlar öz fuqarolariga Turkiyaga bormay turişni tavsiya qilmoqda.

02:30 - Erdöğan turk xalqini köçaga çiqişga çorladi

02:30 - Turkiyaning Taksim maydonida köp miqdorda harbiylar töplandi

02:25 - Harbiylar Turkiya hududida komendantlik soatini e'lon qildi

02.24 - Harbiy Turkiya: nişon hukumatni qölga oliş - konstitutsiyaviy tartibni tiklaş

02.07 - Turkiya prezidenti Istanbuldagi xalqaro aeroport yönalişida ketmoqda

02.05 - Anqara va Istanbuldagi strategik obektlar harbiylar qöriqlovi ostida turibdi

01.59 - Istanbuldagi Erdöğanning qarorgohi soqçilar yordamida qöriqlanmoqda

01.54 Turkiya boş vaziri hukumat öz işini davom ettirişini ma'lum qildi.

01.48 OAV Erdöğan xavfsiz joyda ekanligini ma'lum qildi

01. 47 Turkiya boş ştab rahbari harbiylar tomonidan asir olindi.

01.27  Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti yopildi.

01.15 Istanbuldagi tanklar Otaturk aeroportini örab oldi.