Turkiyada davlat töntarişiga uriniş mamlakatni beqaror mintaqalar guruhiga kiritiş uçun uzil-kesil asos böladi. Misrlik siyosatşunos Said Sodiqning fikriça, Rajab Toyib Erdöğandan qasos oliş istagidagilar tomonidan uyuştirilgan 16 iyul voqealari mamlakatda beqarorlik keltirib çiqarişi mumkin.

"Turkiya hukumati xalqni kurdlarga qarşi kötardi, terrorçilar mamtakat yuragiga zarba bera boşladi, iqtisodiyotdagi yutuqlar parda ortiga ötdi, endi esa davlat töntarişiga uriniş guvohi böldik. Unda Turkiya armiyasining 30 foizga yaqini iştirok etdi. Turkiya 16 iyul kuni beqaror mintaqalar guruhiga kirdi va bu yerda uzoq vaqt qoladi", deya taxmin qilgan ekspert.

Siyosatşunosning fikriça, Turkiyadagi vaziyat beqarorlaşuvidagi asosiy sabab terrorizm muammosi.

"Terrorizm - hozirda Turkiyaning asosiy muammosi. Turkiya hukumati tomonidan qöllab-quvvatlanişi aytiladigan IŞIDni taşkil qilişdan maqsad taşkilotning Suriyada vaziyatni özgartirişiga erişiş edi. Endilikda bu taşkilot jangarilari Turkiyaning öziga qarşi harakat qilmoqda", deydi Sodiq.

16 iyulga ötar keçasi Turkiya hukumati davlat töntarişiga uriniş sodir etilgani haqida ma'lum qildi. Turkiyalik harbiylar hukumatni öz qöliga olgani haqida e'lon qildi. 16 iyul kuni ertalab isyonçi harbiylar taslim böla boşladi. Turkiya hukumati fitna bostirilgani haqida e'lon qildi.