19 iyul kuni britaniyalik taniqli aktyor Benedikt Kamberbetç 40 yoşga töldi. Bugungi kunda u yulduzli onlarini boşdan keçirmoqda, 2010 yilda “Şerlok” serialining birinçi fasli ekran yuzini körganidan keyin u butun dunyoga tanildi. Filmda Artur Konan Doylning qahramoni bizning zamondoşimizga aylanadi, turli gadjyetlardan erkin foydalanadi, ammo qiroliça Viktoriya davrida London politsiyasi uddasidan çiqmagan çigal jinoiy işlarni birin-ketin foş qilişga muvaffaq böladi. Ötgan 6 yil içida Kamberbetç blokbasterlar (“Xobbit” trilogiyasi, “Intiqom”), bayopiklar (“Beşinçi hokimiyat”da Julian Assanj), tarixiy ketma-ketliklarda (“Böş toj”ning yangi faslida Riçard III) suratga tuşgan va “Oskar”ga (“Taqlid öyini”da matematik Alan Tyuring roli uçun) da'vogarlik qilgan. 

2015 yilda aktyor Londondagi Barbikan teatri sahnasida Hamlet rolida namoyon böldi. Bugungi kunda aktyorning kun tartibi juda tiğiz – undan komikslar qahramoni Doktor Strenj (joriy yilning kuz oylarida namoyiş etiladi), “Grinç – Rojdestvo öğrisi” multfilmi boş qahramoni (2018 yilda ekranga çiqişi möljallangan) va albatta, “Şerlok”ning yangi qismlari örin olgan, mazkur serialning törtinçi fasli 2017 yilda taqdim etiladi. 

“Şerlok” serialidan lavha


“Taqlid öyini” filmidagi matematik – Alan Tyuring roli uçun Kamberbetç “Oskar”ga da'vogarlik qilgan

“Beşinçi hokimiyat” filmidan lavha


Kamberbetç Hamlet rolida


Benedikt Kamberbetç “Böş toj” serialida Riçarda III timsolida

Rejissyor Piter Jyeksonning “Xobbit” trilogiyasida Benedikt Kamberbetç Smaug ajdarhosi rolini ijro etgan va Sauronga (Nekromanta) ovoz bergan