Adel va Mett Allen farzand tarbiyasiga butkul tabiiy yondaşiş tarafdoridir. Ular zamonaviy tibbiyot va an'anaviy maktab ta'limidan voz keçişgan, şuningdek bolani uzoq vaqt emiziş tajribasini qöllab-quvvatlaşadi. Braytonlik 32 yoşli Adel va 33 yoşli Mett özlarining tarbiya usulini “qulayliklarsiz tarbiya” deb ataşadi, ularning farzandlari – 5 yoşli Uliss va 1 yoşli Ostara – xali-hanuz ona suti bilan oziqlanişadi, şifokorga va oddiy ta'lim muassasalariga borişmaydi. 

Asl kasbi yozuvçi bölgan Adel öğliga homilador bölib, boşqalarga şubhali, juftlikning öziga esa tabiiy tuyulgan tajribani qölladi. “Qulayliklarsiz” – bu yetuklikka intiliş, biroz tabiiy şaroitlarda yaşaş degani”, - deya izoh beradi ayol. “Biz haqiqatdan bunga doir köp ma'lumot töpladik”, - dedi Met. 
 
Adel ikkala farzandini ham şifokor aralaşuvisiz mustaqil dunyoga keltirgan, yonida faqat turmuş örtoği bölgan. “Şifoxonada tuğiş fikri köp sabablarga köra menga yoqmasdi, bunga asosan yoningda begona kuzatuvçining borligi tösqinlik qiladi”, - deydi u. 

Adel va Mett tuğruq vaqtida antiqa uslubni qöllaşga qaror qilişdi – ular plasenta va kindikni jarrohlik yöli bilan kesişmadi. Buning örniga Adel plasentani özi tabiiy yöl bilan tuşgunga qadar hidi çiqmasligi uçun ustiga tuz va atirgul yaproqlarini sepib, sovutilgan paketda olib yurdi. 

“Ikkala tuğruqdan keyin ham kindik tabiiy yöl bilan tuşişi uçun 6 kun kerak bölgan, - deydi Adel. – Uni örab, toza saqlanadi, söng u tabiiy yöl bilan tuşadi, şunda kindik mukammal holatda qoladi. Mening fikrimça, bu umuman xavfsiz, har holda bizda bu yaxşi natija berdi”.

Adel farzandlarini oxirigaça kökrak suti bilan boqiş tarafdori, uning 5 yoşli öğli xaligaça ona sutidan oziqlanadi. Ayolning fikriça, bola qaçon xohlasa, öşanda kökrak sutidan ajralişi kerak. Hammasi tabiiy bölişi kerak. 

Zamonaviy tibbiyotga işonmaydigan Adel farzandlari kasal bölganda, ularni tabiiy yöl bilan davolaşni afzal deb biladi. Masalan, köziga infeksiya tuşsa, ona suti tomiziladi yoki bölmasa şamollaganda, limon suvini beradi. “Davolaş uçun ösimliklardan foydalaniş kerak, zero ular foydali bakteriyalarni yöq qilmaydi. Men saraton kabi jiddiyroq kasalga çalinsam ham, aniq tabiiy giyohlardan foydalangan bölardim. Men davolaşning şu usuliga işonaman va bu qanday iş berişini yaxşi bilaman”, - deydi Adel.