Dubayning eng baland binolaridan biri bölgan Sulafa Tower’da çiqqan yonğin mamlakat fuqaro mudofaasi tomonidan taxminan 3 soat içida sakkizta öt öçiriş moslamasi tomonidan öçirildi. Bu haqida Emirates 24|7 naşri ma'lum qildi.
Manbaga köra, Media One mehmonxonasiga olib boruvçi barça yöllar yopilgan, Jumeirah Beach Residence’ga eltuvçi yöl bundan mustasno.

Yonğin sababi hozirça aniqlanmagan. Guvohlarning sözlariga köra, yonğin yuqori qavatlardan birida boşlanib, pastki qavatlarga tarqalgan.
Yonğindan heç kim jabr körmagan, mehmonxonada yaşovçilar öz vaqtida evakuatsiya qilingan.
76 qavatli osmonöpar binoning balandligi 288 metrga teng.
















