Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida bayonot berişiça, Turkiyada ölim jazosi tiklanadigan bölsa, Yevropa davlatlari uning bu qarorini hurmat qilişlari lozim böladi. 

«Fikrimça, ölim jazosini qaytariş masalasi xalqning qaroriga boğliq. Agar, fuqarolar şunday fikrni bildirişsa, demokratiyani hurmat qiluvçi har qanday davlat uni (qarorni) hurmat qilişi kerak böladi», — degan Turkiya yetakçisi. 

Erdöğon jurnalistning, ölim jazosini tiklaş bilan Turkiya YeIga kirmaslikka tayyormi?, -degan savoliga şunday javob bergan. 

Avvalroq, Erdöğon mamlakatda amalga oşirilgan harbiy davlat töntarişiga urinişdan söng, ölim jazosi tiklanişi mumkinligini aytgan edi. 

GFR kansleri Angela Merkel öz navbatida ölim jazosi YeIga a'zo böliş bilan mos kelmasligini Erdöğonga eslatib qöygandi.