Xalqaro Valyuta Jamğarmasi Qirğiziston va Armaniston fuqarolarining Rossiyaga köçişi kuçayişini başorat qilmoqda. RIA «Novosti»ning xabar qilişiça, YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar fuqarolarining Rossiyaga kirişi yengillaşuvi ortidan, taşkilotga a'zo davlatlar Armaniston va Qirğiziston fuqarolari ham Rossiyada maxsus ruxsatnomasiz işlaş huquqiga ega bölişgan. Bundan avval, Qozoğiston va Belorussiya fuqarolari şunday imtiyozga ega edi. 
 
Bugungi kunda, Rossiyada rasman 8,5 millionga yaqin muhojir bölib, ularning 1/3 qismi ukrainlar, 21 foizi Özbekiston fuqarolari, 10 foizi Tojikiston va MDHning boşqa davlatlaridan kelganlardir.