Rossiyalik ekstremal sayyoh Fyodor Konyuxov Avstraliya hududiga soğ-salomat qönib, Yer sayyorasi böylab havo şarida aylaniş böyiça yangi jahon rekordini öz nomiga rasmiylaştirdi.
Bortida rossiyalik sayyoh bölgan «Morton» havo şari 11 bir kun 6 soat içida 35 ming kilometrni ortda qoldirdi va 3ta okean, 3 qit'ani aylanib ötiş çoğida bir neça marta rekord qöydi.

Birinçidan, amerikalik Stiv Fosset natijasi yaxşilandi. U, 2002 yili Yer şarini 13 kun 8 soatda aylanib çiqqan edi. Ikkinçidan, u aylana sayohat masofasini ming kmga uzaytirdi. Uçinçidan, rossiyalik sayyoh hamkasbi Fossetdan farqli ravişda, olti urinişda emas, birinçi urinişda havoga kötarildi.
21 iyul kuni siklonni aylanib ötiş maqsadida, balandlikka kötarilgan Konyuxov havo şaridagi balandlik rekordini ham yangiladi. Fosset 10 ming 200 metrga kötarilgan bölsa, Fyodor 10 ming 600 metrga kötarila olgan.
















