– Yoşlar va kattalar örtasidagi tafovut katta, – deydi pedagogika fanlari doktori, “Milliy ğoya” ilmiy amaliy-markazi rahbari Muhammadjon Quronov, – Yildan-yilga odamlarning turmuş şaroiti, öz maqsadlariga erişiş vositalari özgaryapti. Bu tabiiyki yoşlar qadriyatlarning özgarişiga ham olib keladi. Bundan yuz yil avval andişa, uyat orqali maqsadga erişilgan bölsa, ğarbdan kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan illatlar kasofati bilan bu qaraşlardan voz keçilyapti. Bu ayniqsa Ğarbda keskin namoyon bölyapti. Ularda «lost jyenereyşn» , ya'ni “boy berilgan avlod” degan ibora bor. Bu avlod öz oldiga qöygan maqsadiga erişiş uçun heç narsadan tap tortmaydi. Hatto jamiyat tomonidan qabul qilingan me'yorlar ular uçun ikkinçi darajali. “Men” degan egoistik determinator ularda yetakçilik qilyapti. Buning misollarini Ğarbda köp bora kördik.
Aslida yoşlar qadriyatlari özidan oldingi avlodning qadriyatlariga zid emas.Umuman, qadriyatlar özgargani yöq. Aytaylik, bilimlilik yoşlar uçun qadriyat. Biroq yoşlar har doim ham ularni töğri anglolmaydi. Yoşlarda hisobdor tuyğusi kuçli. Ularning eng zöravoni ham özini jamiyat oldida bölmasa ham, juda bölmaganda ota-onasi oldida hisobdor deb biladi. Mana şu janjalning keng tus olişida ham örtoği, kollejdoşi, mahalladoşi oldidagi hisobdorlik tuyğusi tufayli, desa töğriroq böladi. Ğarbda esa unday emas. Ğarbda jamiyatning “atomlaşuvi” kuzatilmoqda. Bu degani, jamiyatda ikki kişini boğlaydigan heç narsa yöq. Odamlar orasida avtonom turmuş tarzi keng yoyilib ketmoqda. Quloğida “nauşnik”, közi telefon ekraniga qadalgan holda odamlar orasida avtonom yaşaş – jamiyatning “atomlaşuvi”. Mana, yoşlarning jamiyatdan begonalaşişining boşlanişi. Moddiylik ma'naviyatdan ustun kelmasligi kerak. Aks holda odam odamga xuddi ğarbdagidek. vosita sifatida qaraşni boşlaydi. Bizda esa köngilga yöl topiş qadriyat hisoblanadi.
– Yoşlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalaşniistasak, milliy qahramonlarimiz obrazlarini ideal darajasiga kötarişimiz kerak, – deydi psixolog Zebunniso Ahmedova, – Ösmirlarning hozirgi ideallari kimlar? Komiks qahramonlari, “super odam” lar, yarim mahluq, yarim odam qiyofasidagi obrazlar. Xullas, ularni birlaştiruvçi jihat – jangovorlik. Bu ideallar ösmirlar ongiga şu qadar qattiq singib ketganki, natijada tinçlik atalmiş buyuk qadriyatimiz ularning nazarida qadriyat bölmay qoldi. Yana bir sabab – bu “qurol” sindromi. Qurol ayni paytda yoşlar orasida kuçning ramzidir. Yoşlarda qudratlilik ham bir qadriyat. Ösmir qöliga nima uçun qurol oladi? Özini kuçli his qiliş uçun. Demak, u özining kuçliligiga işonmaydi. Işonçsizlik, mana, bularning barçasini keltirib çiqaruvçi tub sabab.
Davralarda yoşlar haqida söz oçilganda, albatta, gap borib tanqidga taqaladi. “Yoşlar internetda yaşaydi” , “Yoşlar kunini ijtimoiy tarmoqda ötkazadi”, “Yoşlar “nauşnik” ni quloğidan tuşirmaydi”... OAV faoliyatini kuzatsangiz yoki televizorda tok şoularda ötirib olib ijtimoiy tarmoqlarni yomonlaş bilan ovora körsatuvlarni körsangiz, butun jamiyat mana şu tabiiy jarayonlarni qoralaş bilan bandday tuyuladi. Doim qoralayveriş – ularni jamiyatdan uzoqlaştiradi. Vaholanki, bular allaqaçon yoşlarning qadriyatlariga aylanib bölgan. Oilada ham xuddi şunday munosabatni kuzatiş mumkin. Öspirinlarni ham eşitiş, fikrini biliş örniga köproq ta'qiqlar örnatiladi yoki ularni öz qiziqişlari bilan yakkama-yakka qoldiriladi. Bu ösmirda özi bilan özi böliş, boşqalardan özini tortiş, öz hammasligini topiş orqali boşqalarga nisbatan isyonni, oxir-oqibatda esa yuqoridagidek zöravonlikni keltirib çiqaradi. Qiziqişlar ösmirning öziga havola qilinganda turli maniyalarga ruju qöyiş boşlanadi. Masalan, öyinbozlikka berilib ketsa, jangari qahramonlar, virtual öldirişlar yana bora-bora öşa zöravonlik, jangarilikka olib keladi.











