Armaniston prezidenti Serj Sargsyan öz mamlakatini na Ozarboyjon va na Turkiya bilan muammolari bölgan, kuçli davlat sifatida körişni istaşini aytdi. Bu haqida u RIA "Novosti"ga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

"Milliy ğoya nimada? Na Ozarboyjon va na Turkiya bilan muammolar bölgan, kuçli, mustahkam davlat qurişda", - dedi Sargsyan. 

Prezidentning sözlariga köra, u yevropaliklarning  Armanistonga kelib, mamlakatning rivojlanayotganini körişni orzu qiladi. 

"Bu, ehtimol, eng röyobga çiqmaydigan orzudir, biroq men barça armanlarning Armanistonda bölişini istayman. Ular haqiqatdan ham bir joyda yiğilsa, bir masala böyiça tört xil fikr bildirişadi. Şunday bölsa-da, biz birgalikda kuçlimiz", - qöşimça qildi prezident.