Şavkat Mirziyoyev parlamentga yöllagan murojaatnomasida oldimizga qöygan ulkan vazifalarni amalga oşirişda biz uçun kuç-qudrat manbai böladigan milliy ğoyani rivojlantirişimiz zarurligini alohida qayd etdi. Xususan, milliy özligimizni anglaş, vatanimizning qadimiy va boy tarixini örganiş, bu borada ilmiy-tadqiqot işlarini kuçaytiriş, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaşimiz lozim. Ötmişga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qaraşlardan xoli bölişi zarur.

Darhaqiqat, bugun dunyoning notinç va olovli nuqtalarida sodir etilayotgan mudhiş fojia va hodisalar, afsuski, köp hollarda muqaddas islom dini nomi bilan boğlab talqin etilmoqda. Buning sabablari barçamizga ayon. Islom fundamentalizmi, radikalizmi deb nom olgan, islom bayroği ostida harakat qiluvçi yovuz va vayronkor kuç, taassufki, hayotda mavjud.

XXI asrga kelib kişilik jamiyatida misli körilmagan xavf-xatar paydo böldi: globallaşuv, asl qadriyat va özga madaniyatni yöqqa çiqariş, şu tariqa millatni öz ildizidan uzib, manqurtga aylantiriş, «ommaviy madaniyat»ni yoyiş harakati avj oldi. Millatning özligini, öziga xos fazilatlarini yöq qiliş uçun kuraş keskinlaşdi. Bugun hududlarni mustamlaka qiliş uçun millatlar özligini, qiyofasini isloh qiliş, asl ildizidan, tarixdan, asl sarçaşmalardan uziş, mamlakatlarni ma'naviy «mustamlaka» qiliş oddiy hodisaga aylandi. Heç ikkilanmay aytiş mumkinki, bu mudhiş xatardir.

Xöş, nega ular millatlarni tarixidan, madaniyatidan, milliy özligidan judo etmoqda?

Sababi şuki, millat aynan öz tarixi, milliy madaniyati va qadriyatlaridan kuç olib, özini özi yangilaydi va kelajakka hozirlaydi. Qayerdaki milliyat, milliy iftixor va milliy ğurur bölsa, xalqni yengib, ma'naviy mustamlaka qilib bölmaydi. Aynan şuning uçun «ommaviy madaniyat» ham, diniy mutaassiblik ham millatning iftixor va ğurur töla fazilat va xislatlarini yemirişga harakat qiladi.  

Xöş, biz jamiyatni bu xavfdan asraş uçun nimaga e'tibor qaratişimiz kerak? Masala şu haqda.

Avvalo, şuni aytiş kerakki, inson zotini tutib turadigan muqaddas qadriyatlar unçalik köp emas. Bulardan eng mö'tabarlari iymon—e'tiqod, poklik, ma'rifat va odamiylikdir. Şuningdek, insonning özligi — milliy ğururi va vatanga muhabbat tuyğusi ham ğoyat qimmatli. Biz yaqin yuz yillikda qaramlikda yaşagan xalqmiz. Dinimiz ham, milliy manfaatlarimiz ham kamsitildi. Din va milliylik uçun kuraşgan fidoyilar qatağonga uçradi. Bu ikki tuşunçani tamoman xalq ongidan badarğa qilişga urinildi. Ammo bu tuyğular xalq şuurida, ong ostida yaşab keldi.