Apple korporatsiyasi sotilgan smartfonlarining soni böyiça rekord körsatkiçni qayd etişga yaqin turibdi, deb yozmoqda Financial Times. Uning soni 1 mlrdga yetiş arafasida. 

Naşrning qayd etişiça, bu gadjyetlar işlab çiqaruvçi har qanday kompaniya orzu qiladigan natijadir. 

Şu bilan birga, maqolada ta'kidlanişiça, Apple 2016 yil ikkinçi çorakka oid moliyaviy va amaliy hisobotini e'lon qilişi kutilayapti. Dastlabki ma'lumotlarga köra, kompaniya bu davr içida 40 mlnga yaqin iPhone sotişning uddasidan çiqqan.

Financial Timesning yozişiça, iyun oyi oxiriga kelib, Apple tarixida sotilgan iPhonelar soni 987 mlnga yetadi. Bunda, barça sotilgan gadjyetlarning yarmidan köpi oxirgi ikki yil davomida sotilgani ta'kidlangan.

Şunday qilib, kompaniya bir oyda örtaça 13 mln dona smartfon sotayotganini hisobga olganda, milliardinçi iPhone yaqin kunlarda sotilişi kerak. 

«Microsoft bir paytlar, har bir stol ustiga bittadan şaxsiy kompyuter qöyişni orzu qilgan edi. Bugungi kunda smartfon — ta'bir joiz bölsa har bir çöntakdagi kompyuter demakdir. Bizning navbatdagi maqsadimiz — Yer yuzidagi har bir insonda smartfon bölişiga erişişdir», — degan mobil bozori tahlilçisi Andreessen Horowitz kompaniyasi hamkori Benedikt Evans.

AQŞ aholini röyxatga oliş byurosiga köra, 2016 yil  1 yanvar holatiga binoan, sayyora aholisi 7,3 mlrd kişiga yetgan. Bu esa, har sakkiz kişidan biri Apple kompaniyasi işlab çiqqan smartfonga ega bölişi mumkin, deganidir.