BMT Xavfsizlik Kengaşi Iroqqa yordam körsatiş böyiça vakolatli missiyasi (BMTIYoKM) muddatini 2017 yilning 31 iyuliga qadar uzaytirdi. Bu haqida TASS xabar qildi.
XK a'zolari hujjatda “Iroqdagi terrorçi guruhlar, jumladan, IŞID faoliyati saqlanib qolgan hozirgi vaziyatga nisbatan jiddiy xavotirda ekanliklarini” bildirişdi. Xavfsizlik, siyosat, şuningdek iqtisodiy va gumanitar sohalardagi muammolarni hal qilişda “tahdidga qarşi çiqişga qodir yagona vosita - barça iroqliklarning birgalikda harakat qilişi”, deb ta'kidlanmoqda Xavfsizlik kengaşida.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iroqqa yordam körsatiş böyiça missiyasi 2003 yilning 14 avgustida - AQŞ va Buyuk Britaniyaning harbiy operatsiyasi natijasida Saddam Husayn rejimi töntarilganidan tört oy ötib, Xavfsizlik kengaşi tomonidan ta'sis etilgan. 19 avgustda BMTning Boğdoddagi vakolatxonasida portlaş sodir etilib, buning natijasida 22 nafar xodim, şu jumladan missiya rahbari BMT boş kotibining Iroqdagi maxsus vakili Serjiu Viyeyra di Mellu halok bölgan. Şundan keyin tez orada missiya Iordaniyaga evakuatsiya qilingan va 2004 yilning avgustida Boğdodga qaytgan.
Bugun qabul qilingan rezolyutsiyada Xavfsizlik kengaşi Boğdodni “BMTni Iroqda xavfsizlik va moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaşda davom etişni, boşqa mamlakatlarni esa – yetarli hajmda resurslar yetkazib beriş”ga çaqirdi.
Bugungi kunda BMTIYoKM oldiga qöyilgan vazifalar doirasiga Iroq hukumati va xalqiga demokratik institutlarni mustahkamlaş va siyosiy muloqotni tarğib qiliş, qoçqinlarga yordam körsatiş va inson huquqlarini himoya qiliş masalalarida yordam körsatiş kiradi. Bundan taşqari missiya turli agentliklar, jamğarmalar va BMT dasturlari, şu jumladan aholiga yordam körsatiş dasturlariga oid sa'y-harakatlarini muvofiqlaştiradi.
Hozirda missiya Iroq xavfsizlik kuçlari IŞIDdan qaytarib olişga harakat qilayotgan Mosul şahrida gumanitar operatsiyani amalga oşirişga tayyorgarlik körmoqda. Har ikki oyda BMTIYoM inson huquqlarini buzişga doir ma'ruza çiqaradi, şu bilan birga mamlakatdagi zöravonlik qurbonlarining oylik hisobotini olib boradi. Missiya ma'lumotlariga köra, iyun oyida Iroqda 650 nafardan ortiq kişi halok bölgan, 1457 kişi jarohat olgan.










