CNET internet naşri Bugatti Chiron giperkarining ilk dizaynerlik namunalarini namoyiş etdi. Modelning taşqi körinişi ustida kompaniya yangi işlanmalarining ekstereri böyiça boş dizayneri, rossiyalik Saşa Selipanov jiddiy ter tökkan. U, bungaça Volkswagen konsernida salkam 10 yil mehnat qilgan va Lamborghini Huracan dizaynini işlab çiqişda qatnaşgan.
Suratlardan köriş mumkinki, loyiha ustida iş olib borilganda Chiron old qismining agressivligi kamaytirilgan, havosörğiçlar ortiga yaşirilgan çiroqlar örnini 8ta diodli yoruğlik elementlari egallagan. Avtomobilning yon va orqa tomonlari özgarişlarga kam uçragan.

Eslatib ötamiz, Chiron kupesi şu yilning fevral oyida namoyiş etilgan edi. Giperkarga 8 litrli, 1500-ot kuçiga ega, W16 turbomotori va yetti bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi örnatilgan. U, noldan soatiga 100 km tezlikka 2,5 soniyada erişa oladi. 6,5 soniyada soatiga 200 km tezlikka yetsa, 13,6 soniyada 300 kmlik tezlikni ortda qoldiradi.
Uning eng yuqori tezligi soatiga 420 kmni taşkil etadi. Biroq, buning uçun, alohida kalit bilan işga tuşiriladigan maxsus harakatlaniş tartibiga ötiş lozim böladi. Maşina spidometrida esa, uning soatiga 500 kmga harakatlana olişi qayd etilgan.
2018 yili Bugatti kompaniyasi avtomobilda harakatlaniş böyiça jahon tezlik rekordini örnatişni rejalaştirmoqda. Hozirgi vaqtda, dunyoda seriyali işlab çiqariluvçi eng tezkor maşina Amerikaning Hennessey Venom GT giperkari hisoblanadi. Uning kupe namunasi soatiga 435 kmni ortda qoldirişi mumkin bölsa, rodsteri 427,3 kmni bosib öta oladi.
«Şiron»ning ilk buyurtmaçilari öz maşinalarini şu yilning kuz oyida olişadi. Umuman, uşbu modeldan jami 500 dona işlab çiqiladi. Uning eng arzon namunasi — 2,4 million yevroga baholanadi.











