Turkiya hukumatiga muxolifatda bölgan Fathulloh Gulen, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni mamlakatda avtoritar tuzumni barpo etişga urinayotganlikda aybladi. Gulen The New York Times gazetasida e'lon qilgan maqolasida şu haqda söz yuritgan.
«Men Turkiyadagi davlat töntarişiga urinişni keskin qoraladim. Mamlakat hukumati, kuç işlatiş yöli bilan emas, erkin va adolatli saylovlar vositasida ğalaba qozonişi lozim. Keskin noroziliklarimga qaramay, tobora avtoritar hokimiyat tarafdori bölib borayotgan Turkiya prezidenti Toyyib Erdöğan meni davlat töntarişini boşqarişda ayblab çiqdi», — deb qayd etgan Gulen.
Gulen yana bir marotaba AQŞ hukumatiga murojaat qilib, özini Turkiyaga topşirmaslikka çaqirgan. Çunki, u yerda, Gulenning fikriça, uni adolatsiz sud kutmoqda.











