Şu kunlarda, jamoatçilik diqqat markazidagi mavzulardan biri – bu Karimovlar oilasidagi sudlaşuv jarayonining boşlanişi. Islom Karimovning birinçi nikohidan bölgan öğli Pyotr Karimov uning ikkinçi rafiqasi Tatyana Karimovani sudga bergan. Da’vo sababi – mol-mulk, meros masalalari.
Şu fonda, Karimov siyosiy merosini yana bir tahlil qiliş, uning boşqaruv tizimiga siyosiy baho masalasida fikr yuritiş foydadan xoli bölmaydi.
2016 yilga qadar, Özbekiston öta oğir davrni boşidan keçirdi. Bu oğir davrni nafaqat oddiy xalq, balki bugungi mulozimlar, davlat arboblari ham esidan çiqargani yöq.
2016 yilda hokimiyat özgargaç, birinçi ma’muriyat siyosiy boşqaruviga juz’iy, vaziyatdan kelib çiqib, situativ baho berildi. Lekin, birinçi ma’muriyatning boşqaruviga tarixiy-siyosiy, konseptual baho beriş haliga qadar amalga oşirilmadi.
Qolaversa, şu paytga qadar berilgan baholar ham, ança ziddiyatli. Xöş, bu ziddiyat, nimadan iborat?
Birinçidan, Karimov siyosiy tizimi yaroqsiz ekani tan olindi, u repressiv, qattiq avtoritar, noratsional, ya’ni aql-idrokni inkor etiş darajasida berahm va behikmat, öta konservativ, öta markazlaşgan, öta yakka şaxslaşgan, taşqi dunyodan uzilgan, qöşni davlatlar bilan ham arazlaşgan yoki sovuq aloqalar ustuvor, deya e’tirof etildi.
Bu davrda, qora röyxatlar, ommaviy ta’qiblar, “stolbani ham qamaş” – oddiy urf bölgani, davlat xalqni qörqitiş maşinasi ekani, insonlar elementar muammolarni ham oçiq aytiş imkoniyatiga ega emasligi, köpçilikning esida bor.
Ikkinçi tomondan, aynan Islom Karimov – mustaqil Özbekiston davlatçiligining asosçisi, birinçi prezidenti, yangi davlatçilik me’mori sifatida hurmat-ehtirom körsatilişi kerakligi bildirildi.
Jumladan, Karimovni Fransiyadagi Şarl De Gollga, AQŞdagi Jorj Vaşingtonga qiyoslaş hollari ham kuzatildi.
Ya’ni Karimov siyosiy boşqaruv va merosi haqida gap ketganda, u davrdagi xato va kamçiliklarni aytiş, uning nomini tilga olmasdan amalga oşirildi. Şuningdek, Karimovning nomi tilga olingan holatlarda, davlat darajasida, unga mö’tadil yoki yuqoriroq hurmat bildiriş – davlatning asosiy yondaşuvi ekani kuzatildi.
Natijada, bugungi siyosiy tafakkurda, siyosiy madaniyatda, ma’lum ziddiyatlar yiğilib qolmoqda.
Tabiiyki, heç bir demokratik davlat özining samarali işlovçi demokratik institutlarini tezda şakllantira olmagan. Misol uçun, 20-asrning örtalaridagi Angliya, Fransiya yoki AQŞ bugungi davrga nisbatan avtoritarroq yoki yakka şaxsning roli yuqoriroq bölgan. Jumladan, Ruzveltni, Çerçilni yeki De Gollni tiyib turuvçi institutlar, şaxslar va siyosiy elitaning salohiyati nisbatan past bölgan. Boşqaça qilib aytganda, har qanday demokratiyaning şunday rivojlaniş pallasi böladiki, endi ösib, şakllanib kelayotgan demokratik institutlarda şaxslarning örni ança yuqori böladi va bu xarizmali şaxslarni tiyib turiş mexanizmlari kuçsiz böladi.
Özbekiston ham demokratik, huquqiy davlatçilik yölidan oğişmasligi, yaqin ötmişdagi xatolardan töğri xulosalar çiqarişi va ortga qaytmasligi uçun, yaqin ötmişga töliq, tizimli siyosiy baho berişi kerak. Bu baho – siyosiy konsensus yaratişi kerak. Ya’ni yaqin ötmişdagi qattiq avtoritarizm, diktaturaning xato va kamçiliklarini har bir davlat mulozimi, davlat xizmatçisi, jamiyat a’zolari, va ayniqsa, kuç işlatar tizimlar xodimlari, qolaversa, butun siyosiy elita yaxşi tuşunişi va davlatning trayektoriyasini belgilaşda, öşa xavotirlar va xulosalar prizmasi orqali qaraşi lozim.
Nima uçun oldingi boşqaruvga kompleks siyosiy baho beriş muhim? Sababi, yaqin ötmişdagi Özbekiston davlati va xalqi uçun eng katta muammo – bu davlatning notöğri fikrlaşi va işlaşi böldi. Eng katta repressiyalarni davlatning özi qildi. Xalq va odamlar uçun, eng katta tahdid manbayi davlatning özi böldi. Odamlar hayotida eng avvalo davlatdan, hokimiyatdan qörqib yaşadi.
Siyosiy tizimlardagi eng muhim narsa – ğoya, obraz, umumiy tasavvur. Ya’ni kelişilgan va rioya qilinadigan öyin qoidasi. Özbekiston siyosiy tizimi bugun ötiş davrida. Qattiq avtoritarizmdan voz keçib, jamiyat islohotlarni davom ettirişi va yangi jamiyat şakllantirişi uçun, siyosiy madaniyatda nimalar mumkin va nimalar mumkin emasligi borasida, aniq tasavvurlar şakllanişi lozim.
Karimov boşqaruvi borasida jamiyatda böliniş, parokandalik, ziddiyatli qaraşlar kuçli. Lekin siyosiy qaraşlar borasida, siyosiy tizim, erkinliklar, inson huquqlari, huquqiy davlatçilik borasida, jamiyatda yaqin qaraşlar bölişi kerak. Şundagina, Özbekiston demokratik-huquqiy davlatçilik sari samarali harakat qila oladi.
Aks holda, jamiyatda va davlatda yo yoki bu muammolar bölganda, inersiyadan kelib çiqib, ötmişga intiliş va şakllangan qattiq avtoritar boşqaruv modelini “töğri va samarali” deb biliş tabiiy holat bölib qoladi.
Ötmişdagi notöğri boşqaruvlarga siyosiy baho beriş qanday böladi? Misol uçun, köplab davlatlar, diktaturalarni anglaş va unga qaytmaslik uçun, katta konferensiyalar ötkazişgan, mutafakkirlar köplab kitoblar yozişgan, OAVda şu sohadagi muammolar muttasil kötarilgan, davlat va uning mulozimlari esa özining qaraşlarini öşa aytilayotgan xatolardan kelib çiqib töğrilaşgan, özgartirişgan, özgarişgan.
Özbekiston ertami-keç birinçi ma’muriyatning boşqaruv modeliga tizimli, keng qamrovli, konseptual baho berişi kerak. Va bu bahodan maqsad, kimningdir nomini qoralaş emas, balki yangi siyosiy tafakkur, zehniyat, ruhiyat, madaniyat şakllantiriş bölişi zarur.
Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos












