Avstraliya fuqarosi asosiy sovrini Kusaiye tropik oroli (Mikroneziya federativ ştatlari) bölmiş lotereya ğolibi böldi.
Orol 90-yillarda Kusaiyening özida istiqomat qilgan avtraliyalik Dag va Salli Baytslarga tegişli bölgan. Ular oroldan Avstraliyaga nevaralari uçun borişgan va öşa yerda qolib ketişgan.
Öyinda 50 mingdan ziyod kişi iştirok etgan. Ğolibning töliq ismi-şarifi aytilmagan, faqat uning nomi Joşua ekanligi ma'lum qilingan xolos.
Er-xotin Baytslarning ma'lum qilişiça, ular orolni qay yöl bilan sotişni bilişmagan. Lotereya ularning öğli Adamga tegişli bölgan va u orolni lotereyaga yutuq sifatida qöyiş taşabbusi bilan çiqqan.











