Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Pekindagi maxsus tadbirda özining şaxsiy noutbukini birinçi modeli Mi Notebook Air'ni taqdim etdi. Qurilma ikki xil talqinda, 12,5 va 13 dyuymli ekranlarda çiqadi. Yangi qurilma narxi 3499 yuan (525 dollar atrofida) va 4999 yuan (750 dollar atrofida) deb baholanmoqda.

Notebook Air anodlangan alyuminiydan iborat töliq metall korpusda işlab çiqariladi. Korpus rangi ikki xil böladi: kumuş va puşti tillarang. Alyuminiyli korpus qurilmaning hajmini maksimal darajada qisqartirişga yordam beradi: 12,5 dyuym uçun 1,07 kilogramm va 13 dyuym uçun 1,28 kilogramm.

Yangi qurilma qalinligi — 12,9 va 14,8 millimetr. Bundan taşqari, korpusga bir marta zaryadlanganda quvvati 11,5 (12,5 dyuymli talqin uçun) va 9,5 soat (13 dyuymli talqin uçun) işlay oladigan batareya örnatilgan.

12,5 dyuymli noutbuk Air Intel Core M3 protsessori, 4 gigabayt operativ xotira va kengayiş imkoniga ega 128 gigabayt SSD diskga ega böladi; 13 dyuymli talqin esa Intel Core i5  oltinçi avlod protsessori, DDR4 standartli 8 gigabayt operativ xotira, 256 gigabayt SSD disk va GDDR5 standartli 1 gigabaytgaça bölgan xotirani kötara oluvçi NVidia 940MX videoadapterga ega.

Kiçik ölçamlarga qaramay, noutbuk töliq hajmli tugmalari yonuvçi ultra ingiçka klaviaturaga ega. 

Notebook Air ultrabukining Full HD ekrani töliq nurlanişga qarşi laminatsiya bilan qoplangan va yuqori mustahkamlikdagi şişa bilan himoyalangan. Qurilmaning öziga hos jihati — ekranning 5,6 millimetrdan biroz kiçikroq bölgan ultra nozik ramkasi.

Noutbuk içida beşta port joylaşgan: HDMI, ikki USB 3.0, quloqçin uçun 3,5 millimetrli teşik va USB Type-C. Sönggi port ham qurilmani quvvatlaş uçun möljallangan teşik körinişida böladi.

Notebook Air'ga Mi Cloud Sync bulutli ma'lumotlar omborini kötara oluvçi Windows 10 Home örnatiladi. Şuningdek, Xiaomi yangi qurilma noutbuk oçilganida uni avtomatik tarzda bloklab qöyiş imkoniga ega Mi Band 2 bilaguzukini ham kötara olişini ma'lum qildi.