Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyalaridan biri smartfonlar olamidagi eng yirik qurilmani taqdim etdi
Xitoyning Akyumen kompaniyasi bir vaqtning o‘zida Windows 10 va Android tizimlarida ishlay oladigan, tashqi tomonidan proyektor o‘rnatilgan 7 dyuymli Holofone smartfonini taqdim etdi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.
Qurilmaning katta hajmiga qaramay ishlab chiqaruvchi uni smartfon, deya atamoqda. Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri — proyektor smartfondagi suratlarni 100 dyuym balandlikda tasvirlay oladi.

Smartfon Android Lollipop tizimida ham va Windows 10 tizimda ham birdek ishlaydi. Proyektor rejimida kompyuterga aylanadi-qoladi.
Qurilmaning eng past bahosi 750 dollar. 950 dollarga smartfon bilan birga Bluetooth-dinamik, o‘yin boshqaruvchisi va batareya o‘rnatadigan maxsus tagqism beriladi. U 1 sentabrdan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Smartfon to‘rt yadroli Intel Atom protsessorida ishlaydi. Qurilmada 4 GB tezkor xotira va 128 GB asosiy xotira mavjud.
Orqa kamera 13 megapiksel, old kamera esa 5 megapiksel. Ishlab chiqaruvchining ishonch bildirishicha, 2910 sig‘imga ega batareya proyektor rejimida ikki soat ishlab beradi.

Mavzuga oid
15:29 / 24.12.2025
10 000 mA·soat, ventilyator va flagman chip: Honor Win nimasi bilan shov-shuv bo‘lmoqda?
20:27 / 08.12.2025
Smartfon tufayli bolalarda depressiya va semizlik rivojlanishi mumkin – tadqiqot
23:08 / 07.12.2025
Xiaomi uch buklanadigan smartfonini qachon chiqarishi ma’lum qilindi
22:20 / 04.12.2025