Özbekiston kubogining çorak final bosqiçida doirasida «Bunyodkor» va «Metallurg» jamoalari örtasidagi dastlabki öyin bölib ötdi. Unda "qaldirğoçlar" 3:1 hisobida ğalaba qozonişdi.
Birinçi bölimda bekobodlik darvozabon va himoyaçilarning qöpol xatosidan söng Dostonbek Hamdamov hisobni oçdi. Gollarning qolgani uçraşuvning sönggi 20 daqiqasiga töğri keldi. 65-daqiqada zaxiradan tuşgan Şohrux Gadoyev 70-daqiqada toşkentliklarning ikkinçi goliga mualliflik qildi.
Qayd etiş kerakki, bu uning jamoadagi debyut uçraşuvda gol urişi böldi.
75-daqiqada Zohid Abdullayev birga bir vaziyatda Murod Zuxurovni doğda qoldirdi. Öyinning sönggi daqiqasida qarşi hujumda Gadoyevning uzatmasidan keyin Sardor Azimov yakkama-yakka vaziyatga çiqdi va imkoniyatdan samarali foydalandi - 3:1.
Hozirça Bekobodda ötkaziladigan javob öyini muddati noma'lum.
Özbekiston kubogi. Çorak final, dastlabki öyin
“Bunyodkor” - “Metallurg” - 3:1
Gollar: Dostonbek Hamdamov (13), Şohrux Gadoyev (70), Sardorbek Azimov (90) — Zohid Abdullayev (75)
"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Akramjon Komilov, Minori Sato, Eldor Şomurodov (Sardorbek Azimov, 86), Dilşodbek Ahmadaliyev, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo Örinboyev (Şahzodbek Nurmatov, 51), Rustamjon Aşurmatov, Otabek Şukurov (Şohruh Gadoyev, 65), Yuritsa Bulyat, Aleksandar Alempiyeviç.
"Metallurg": Zafar Safoyev, Hikmat Hoşimov, Dilmurod Karimov (Farruh Şotursunov, 67), Doniyor Odilov (Islomjon Qobilov, 71), Ayubxon Nö'monov, Javohir Esonqulov (Saidjon Abdujabborov, 82), Davronbek Karimqulov, Zohid Abdullayev, Mirğiyos Sulaymonov, Murodjon Toşmatov, Jahongir Abdumöminov.












