“Yaxşi va yovvoyi “qirğizçilik” bor”, - dedi bugun OAV vakillari bilan uçraşgan Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev.
Uning sözlariga köra, yovvoyi “qirğizçilik” – mahalliyçilik. Uning işonçi komilki, dunyoning heç bir mamlakatida odamlar bir qişloqdan yoki bir şahardan çiqqanligi uçun jinoyatçini himoya qilişmaydi.
“Qandaydir bir akademikning qabila yetakçisiga aylanişi qörqinçli holat. Bizni qayerga olib ketyapsan? Afrikagami? Yaqinda bir siyosatçi qabila yetakçisiga aylandi. Xalqni qabilalarga böluvçi kişilar – xalq duşmanlari hisoblanadi. Har bir insonni özbek, rus yoki boşqa bir millat vakili deb yoziş kerak deydiganlar ham xalq duşmanlaridir. Ularga quloq soliş kerak emas. Bu kişilarning ortida nima turganini hammamiz bilamiz”, - deya ta'kidladi Atambayev.
“Agar mamlakating uçun qayğursang, u uçun biror foydali iş qil. Masalan, daraxt ek yoki öz uying tomini yop. Men muammo yeçimini hamişa közgudan qidiriş kerakligini aytib kelganman. Yeçim qidiryapsanmi – özingga qara, özgarişni özingdan boşla”, - deya qöşimça qildi davlat rahbari.











