Rossiya Ukrainadan Qozoğiston hamda Qirğizistonga jönatilgan 143ta temiryöl vagonini öz hududidan ötkazmadi. Bu haqda, UNIAN agentligi, Ukraina iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi ma'lumotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Ma'lumotlarga köra, qaytarilgan vagonlarning 106 tasi boşqa yönaliş böyiça manzilga yuborilgan. 33 tasi yukni jönatuvçiga qaytarilgan. Yana törttasi çegarada qolmoqda. 

Ukraina axborot agentligi vagonlardagi yuk haqida ma'lum qilmagan. 

Rossiya tomonining bu kabi keskin çoralari şu yilning birinçi iyulidan Ukrainaga nisbatan joriy qilingan qöşimça sanksiyalar doirasida amalga oşirilmoqda.