3 avgust keçki payt Turkiyaning Antalya kurort şahrida portlaş yuz berdi. Portlaş mamlakatdagi davlat töntaruviga urinişga qarşi ötkazilayotgan namoyiş vaqtida sodir etilgan. Mahalliy OAVning ma'lum qilişiça, Respublika maydonidan 150 metr nariroqdagi skameykada qoldirilgan qölbola portlovçi qurilma portlagan.
Voqea oqibatida namoyiş iştirokçilaridan 2 kişi yengil jarohatlar olgan. Ular şifoxonalarga yetkazilgan.
Ayni vaqtda voqea joyida tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda CNN Turk telekanali.
Eslatib ötamiz, Turkiyada 16 iyulda bir guruh harbiylar davlat töntaruvini amalga oşirmoqçi bölgan. Şundan keyin butun Turkiya böylab odamlar "Demokratiya himoyasida" şiori ostida davlat töntaruviga urinişga qarşi namoyişlar ötkaza boşladilar. Bu aksiyalar 7 avgustda Istanbuldagi ommaviy namoyiş bilan yakunlanişi kutilmoqda.