O‘zbekiston jamoasi a'zosi Rioda ilk medalni qo‘lga kiritdi

Rio Olimpiadasining dzyudo bo‘yicha dastlabki kun bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Shunisi quvonarliki, bu bahslarda O‘zbekiston termasi a'zosi Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Diyorbek bronza medali uchun o‘tish bellashuvida braziliyalik Felipe Kitadini mag‘lub etgach, navbat gruziyalik Amiran Papinashviliga keldi. Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv o‘zbekistonlik sportchining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Rio Olimpiadasida ilk medalni qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun. Diyorbek O‘rozboyev 1993 yilning 17 avgust kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida tavallud topgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Murabbiylari: Jamshid Xudoyberganov va Vyacheslav Pereteyko.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews
Jahon | 05:20
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
Mavzuga oid

11:38 / 19.11.2024
Riodagi G20 sammitida ocharchilikka qarshi ittifoq tuziladi

14:29 / 21.10.2021
Olimpiya o‘yinlari sovrindori Diyorbek O‘rozboyev 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

21:02 / 24.10.2019
Dzyudo. Abu-Dabi «Katta dubulg‘a» turniri start oldi. Diyorbek O‘rozboyev sovrindor bo‘ldi

15:45 / 29.08.2018