27 iyul kuni Nijniy Novgorod sudi 70 yoşli nafaqaxörga 5,5 yillik qamoq jazosini tayinladi. U öz uyida ijaraga turuvçilarni IŞID safiga jönatganlikda ayblandi. «Mediazona» naşri mazkur iş yuzasidan batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi. 

Nimada ayblaşdi

2016 yilning 11 martida Nijniy Novgorodda istiqomat qiluvçi 70 yoşli Tagir Xasanovning xonadoniga FQB xodimlari kelişgan. Nafaqaxörning boşiga xalta kiydirib, uning uyini tintişgan. 

Xavfsizlik xodimlari Xasanovning oldiga kelişiga 2014 yilda Suriyaga ketib, IŞID safiga qöşilgan inguşetiyalik Bogdan Umarovga aloqadorligi sabab bölgan. FQBning ma'lum qilişiça, Umarov Suriyaga 70 yoşli Xasanovning bosimi ostida yöl olgan, zero u qaçonlardir otaxonning uyida ijaraga turgan. 

Umarovga nisbatan federal qidiruv e'lon qilingan, sobiq ijraçisining uyida esa qidiruv çoğida diniy adabiyot va 5ta qonga böyalgan 7,62 millimetrli kalibr patronlari topilgan. Xasanovni öşa kunning özidayoq qölga olişgan, 12 martda esa ikki oyga ozodlikdan mahrum etilgan. U tergovning tugaşini mahalliy qamoqxonada kutdi. 

Tergov ma'lumotlariga köra, Xasanov 2013 yildan beri jangarilarni jönatiş bilan şuğullangan. U uyida ijaraga turgan beş yigit bilan yaxşilab "işlagan", ular bilan din haqida suhbatlar olib borgan, şuningdek butun dunyo musulmonlari birlaşib, Umumjahon Xalifalik tuzişlari kerakligini aytgan. Şu bilan birga ijaraçilarga Suriyada bölayotgan voqealar tuşirilgan  videolavhalarni körsatgan va ularni "birodarlar" tomonida jang olib borişga da'vat qilgan. Buning natijasida ijaraçilardan biri Bogdan Umarov haqiqatdan ham IŞID safida jang qiliş uçun yöl olgan. 

Yangi jangçini jönatgan Xasanov taxminan yana yarim yil u bilan qönğiroqlaşib, uning qarorini har jihatdan qöllab-quvvatlagan. 

Tergovçilarning ma'lum qilişiça, Xasanov uning uyida yaşovçi özbekistonlik Tursunboyev, Dehqonov, Röziyev va Jumaniyozovni ham Suriyaga jönatişga uringan, ularga inguşetiyalik Umarovni ibrat qilib körsatgan. 

Guvohlar nima deydi

Suriyaga ketgan Umarovning sobiq ma'şuqasi nafaqaxörga qarşi körsatma bergan. U özi bilan birga yaşagan Umarovning 2013 yilda nafaqaxör bilan tanişganidan söng kamgap, dindor bölib qolganini hamda özini Abdulloh deb ataşni boşlaganini sözlab bergan. 2014 yilning 14 noyabrida u Moskva aeroportidan qönğiroq qilgan va Nijniy Novgorodga boşqa qaytmasligini aytgan.