Yaponiyada IBM kompaniyasi muhandislari tomonidan yaratilgan kompyuter "ongi" bemorda leykemiyaning kamyob turini aniqlab, uning hayotini saqlab qolişga yordam berdi. Bir neça oy avval 60 yoşli ayolga notöğri taşxis qöyilgan, biroq sun'iy intellekt deyarli 10 daqiqada halokat bilan tugaşi mumkin bölgan xatoni töğirlaşga muvaffaq bölgan.

Watson superkompyuteri bemorga aniq taşxis qöyib, uning genetik körsatkiçlarini boşqa ma'lumotlar bilan taqqoslaş hamda davolaş muolajalarini belgilaşi uçun aynan şunça vaqt talab qilindi. NDTV telekanalining xabar berişiça, bundan avval Watson boşqa bir mijozda ham kamyob onkologik kasallikni aniqlagan. 

Dastlab Tokio universiteti qoşidagi Tibbiyot fanlari instituti olimlari ayolga ötkir miyeloid leykemiya taşxisini qöyişdi. Saratonga qarşi turli dori vositalari bilan davolaş heç qanday natija bermaganidan keyin şifokorlar IBM'ga yordam sörab murojaat qilişga qaror qilişdi. 

Bir neça yildirki, Watson kasalliklarga taşxis qöyiş bilan şuğullanadi. Bugungi kunda davolaş yölini tanlaş uçun şifokorlarga bir neça haftadan bir oygaça vaqt ketmoqda. Superkompyuter esa bir neça daqiqa içida aniq natijani körsatadi. 

"Ong" juda köplab ilmiy jurnallar va klinik sinovlar ma'lumotlariga kira oladi. Superkompyuter şu tariqa insoniyatning onkologik kasalliklarni davolaş sohasidagi barça bilimlarini jamlab, hattoki ölim yoqasidagi kişilarning hayotini saqlab qolişi mumkin. 

Watson 2011 yilda Jeopardy televiktorinasida amerikalik bilimdonlar ustidan qozongan ğalabasidan keyin tanilib ketdi. IBM olimlari mazkur tizimni işlab çiqarişga tört yildan ortiq vaqt sarflaşgan. Superkompyuter bir soniyada taxminan 80 trillion operatsiyani bajarişga qodir. Watson protsessori 2 800 yadroda işlaydi, uning operativ xotirasi esa 16 terabaytdan iborat.